















































































Manzil: Le Duc De Praslin Anse Volver, Cote d’or, Praslin Seychelles
Le Duc De Praslin Hotel & Villas 4* mehmonxonasi Seychell orollarining ikkinchi yirik oroli bo'lgan Praslin shimoli-sharqida joylashgan. Mehmonxonani o'rab turgan gullab-yashnagan bog'da yuzga yaqin orxideya turlari mavjud. Mehmonxona joylashgan Anse Volbert qo'ltig'idagi Cote D'Or plyaji o'zining go'zalligi bilan mashhur. Mehmonxona xonalari kreol uslubida qurilgan va ekzotik tropik o'simliklar bilan o'ralgan. Bu yerdagi dam olish Seychell tabiatining noyobligini his qilish va unutilmas taassurotlar qoldirish imkonini beradi. Bu romantik, plyaj va tinch dam olish uchun ideal joy. Bu yerda ekanligingizni tasavvur qiling. Panaromali tropik o'rmon manzarasiga ega quloy yotoqda uyg'onasiz. Derazani ochasiz va yaqin atrofdagi bog'dan kelayotgan ekzotik gullarning hidi sizni qamrab oladi. Ochiq terassada nonushta qilasiz, firuza ko'k qo'ltiq manzarasidan zavqlanasiz. Kun bo'yi sizning ixtiyoringizda – Cote D'Or plyajining oppoq qumlarida sayr qilishingiz, boy suv osti dunyosini kashf etishingiz yoki palma daraxtlari ostida kresloda dam olishingiz mumkin. Kechqurun villaning ayvonida o'tirib, dengiz shovqinini tinglab, yulduzlarni kuzatayotganingizni tasavvur qiling. Ana bu – Le Duc De Praslin Hotel & Villas 4* mehmonxonasida Seychell orollarida mukammal dam olish degani.
Rasmiy sayt: https://leducdepraslin.com/
1-qator, qum, jihozlangan.
Dengizga kirish: yumshoq.
Sohilga yo'l: mehmonxonadan plyajga to'g'ridan-to'g'ri chiqish.
Praslin Island — 14 km
